Главная » 2015»Март»13 » Evro yozga qadar dollarga nisbatan arzonroq turishi mumkin
10:31
Evro yozga qadar dollarga nisbatan arzonroq turishi mumkin
2015 yilning yoziga yevro dollar bilan tenglashib, Yevropa valyutasining qariyb 15 yillik tarixida birinchi marta undan arzonroq turishi mumkin. Bunday fikr “Alpari” kompaniyasi tahlilchilari tomonidan bildirgan.
Ayni paytda xalqaro valyuta bozorida yevro va dollar juftligi keskin kuchsizlangani sababli yevro dollarga nisbatan kuchsizroq valyuta bo‘lib ko‘rinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu dollarning xalqaro valyuta bozorida kuchli mustahkamlangani sababli yuz bergan. Ayni paytda 1 yevro 1,0600 dollardan pastroq narxda sotilmoqda. Ko‘pchilik tahlilchilarning fikricha, yaqin oylar ichida bu ikki asosiy valyutalar narxi tenglashadi, ya’ni 1 yevro 1 dollar turadi.
“Alpari” kompaniyasining katta tahlilchisi Anna Bodrovaning aytishicha, bunga Yevropa markaziy banki (EMB)ning aktivlarni sotib olish dasturi 2016 yil sentyabrdan keyin ham uzaytirilishi mumkinligi haqidagi izohlari ham sabab bo‘lmoqda.
“EMB rahbari Mario Dragining ta’kidlashicha, rag‘batlantirish dasturining samarasi Yevrohudud iqtisodiyotida ancha sezilmoqda, kreditlash bozoridagi sharoitlar ham yaxshilangan. Bu, to‘g‘risini aytganda, hozircha yaqqol ko‘rinmayapti. Balki Dragi vaziyatga boshqacha ko‘z bilan qarayotgandir? Aktivlarni sotib olish dasturi 9 mart kuni boshlandi, u har oy 60 mlrd dollarni tashkil qiladi”, deb aytdi Bodrova.
Bodrovaning ta’kidlashicha, yevroga YeMB va AQSh Federal zaxira tizimi stavkalari orasidagi sotish va sotib olishga eng yaxshi narxlar orasidagi farqning oshishi ham o‘z bosimini o‘tkazmoqda.