Главная » 2015»Март»13 » Milonov Qodirovni Sobchakdan ko‘ra “rusroq” deb atadi
11:42
Milonov Qodirovni Sobchakdan ko‘ra “rusroq” deb atadi
Sankt-Peterburg qonunchilik yig‘ini deputati Vitaliy Milonov Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni Kseniya Sobchakdan ko‘ra “rusroq” deb aytdi. Bu haqdagi fikrini Milonov “Govorit Moskva” radiostansiyasi efirida bildirgan.
“Menga Rossiya qahramoni Ramzon Ahmadovich Qodirovning ushbu so‘zlari juda yoqadi: “Men chechen millatiga mansub rus odamiman”. Mana, shuning uchun men Ramzon Ahmadovich Qodirovni Kseniya Anatolevna Sobchak yoki fuqaro Albas va Alexinadan ko‘ra ko‘proq o‘zimning yurtdoshim va ulardan ko‘ra ruslarga yaqinroq deb hisoblayman”, deydi Milonov.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni “Hurmat” ordeni bilan taqdirlagan edi.