Пятница, 20.06.2025, 01:58
Приветствую Вас Гость | RSS

Мой сайт

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2015 » Март » 13 » Rossiyada millatlar bo‘yicha agentlik tuzilishi mumkin
10:09
Rossiyada millatlar bo‘yicha agentlik tuzilishi mumkin
Rossiyada Millatlar bo‘yicha Federal agentlik tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi muassasa millatlararo va konfessiyalararo davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi. Millatlararo aloqalarni muvofiqlashtiruvchi yangi muassasa tuzish tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin chiqqan. U hukumatga joriy yilning 15 apreligacha agentlikni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni topshirgan. Ilgari mamlakatdagi milliy siyosat va millatlararo aloqalar masalalari Rossiya regional taraqqiyot vazirligi tomonidan yuritilar edi. Vazirlik tugatilganidan so‘ng uning vakolatlari Madaniyat vazirligiga topshirildi. Endilikda bu sohaga ixtisoslashgan yangi muassasa tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Rossiya Federatsiya Davlat Dumasi Millatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Hojimat Safaraliev “Izvestiya” gazetasiga bergan interyusida yangi organ zimmasiga yuklanadigan asosiy vazifalardan biri 2025 yilgacha mo‘ljalangan milliy siyosat strategiyasini amalga oshirish va bu jarayonni muvofiqlashtirib borish bo‘ladi. Shuningdek, Safaraliev yangi organ tarix darsliklarini yaratish, yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash singari masalalarda Millatlar bo‘yicha Duma qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishini aytgan.
Категория: DUNYO YANGILIKLARI | Просмотров: 981 | Добавил: Bek | Теги: millat, agentlik, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz