Четверг, 19.06.2025, 08:18
Приветствую Вас Гость | RSS

Мой сайт

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Каталог статей

Главная » Статьи » O'ZBEKISTON TARIXI » O'ZBEKISTON TARIXIY SHAXSLARI

TOShKENTLIK BUYuK ALLOMALAR

Toshkent Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bog‘istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko‘hakiy, Shayx Zayniddin Ko‘y Orifoni, Etemas Eshon, Shayx Xovandiy Toxur, Hakim ota, Zangi ota, Shayx Xast Imom kabi komil insonlar yurtidir. 2007 yilda “Toshkentni – islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Barchamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan azim poytaxtimizning ana shunday yuksak obro‘ e’tiborga erishishida o‘tmishda Toshkentda o‘tgan mutafakkir, olimu-fuzalolarining buyuk xizmatlari bor. Markaziy Osiyo hududlariga islom dinining kirib kelishi munosabati bilan mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida islomning fiqh, hadisshunoslik va boshqa fanlari bilan chambarchas bog‘langan ko‘plab olimlar yetishib chiqdilar. O‘rta asrlarda Shosh vohasida islom ilmlari sohasida faoliyat yuritgan 100 dan ziyod olimlar yashab ijod etganligi ma’lum. Ulardan Abu Sa’id haysam ibn Kulayb Shoshiy (vafoti 947), Abu Bakr Kaffol Shoshiy (904 – 976). Abu Bakr Muxammad ibn Ahmad Shoshiy (1038 – 1114) va boshqalarning nomlarini alohida qayd etish darkor.

                           Abu Sa’id xaysam Ibn Kulayb Shoshiy Shosh vohasining bosh shahri Binkatda tug‘ilgan. U hadis to‘plash bilan shug‘ullanib Movaraunnaxrning Buxoro, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarida bo‘lgan va shuningdek islomning turli markazlariga safar qilgan. Haysam Ibn Kulayb Shoshiy mashxur muxaddis Abu Iso Muhammad Termiziy va Makkalik Abu Hasan Bog‘oviylardan talim olgan. Haysam ibn Kulayb Shoshiyning “Musnad” asari xadislar va ularning sharxiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu sohadagi fundamental asarlardan hisoblanadi. Imom shoshiyning ushbu hulosasi 192 saxifadan iborat bo‘lib unda Muhammad S.A.V. saxobalari tomonidan aytilgan xadislar to‘plangan.

                          XII asr muallifi Abu Said Sam’oniy o‘rta asrlar arab mualliflari o‘z asarlarida Qaffol Shoshiy buyuk alloma ekanligini alohida takidlab o‘tishgan. Chunonchi taniqli muarrix Abu Sa’d Abulkarim ibn Muhammad Sam’oniy “Ansab” (Nasabnoma) asarida u haqda “u o‘z zamonasining imomi bo‘lib, fiqx, xadis, usul, tilshunoslik ilimlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Kaffol Shoshiyning nomi mag‘ribi mashriqga yoyilgan” deb yozgan. “Faxr al Islom” nomi bilan shuxrat qozongan Abu Bakir Muhammad ibn Axmad Mustazkiray Shoshiy (1038 – 1114) o‘rta asrlarda islom madanyatining markazi Bog‘dod fiqixlarining raisi bo‘lgan. U Shoshda tug‘ilib o‘sgan. Bog‘donda ta’lim olib mashxur faqix. Abu Nasr Ibn Sabbox raxbarligi ostida fikxni o‘rganadi alloma Bog‘dodda vafot etgan va ustozi Abu Isxoq Sheroziyning daxmasi yoniga dafn etilgan.

                        Mo‘g‘ullar istilosi davrida Markaziy Osiyo halqlarining ijtimoiy – ma’daniy hayoti tanazulga uchradi. Biroq mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashi ma’naviy, diniy qonun – qoidalar, jumladan islom dinini aqidalari bilan quvvatlantirildiki, bu ezgulik va ma’naviyat yengilmas kuch ekanligini namoish qildi. Bu davrda tasavvuf O‘rta Osiyo halqlari ma’naviy hayotida birlashtiruvchi kuchga aylandi. Tasavvufning Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlari shakllandi.

                                Sufiylar vakillari orasida XII asr muarrixi Abu Sa’id Sam’oniy shunda ko‘plab imomlar yashaganligini aytib o‘tib, Abdulloh ibn Avana Shoshiyani aloxida tilga olgan. Imom Abdullox ibn Avana Shoshiydan Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Farobiy va boshqalar xadis o‘rganganlar. Mashxur muarrix Abu Bakir Xatib Bog‘dodiy “Tarixi Bog‘dodiy” asarida Abu Said Iso ibn Solim Shoshiy Bog‘dodga kelib buyuk muxandis Abudllox ibn Muborakdan ko‘plab xadislarni yozib olganligi haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy singari “Imom” rutbasiga ega bo‘lgan boshqa ko‘plab allomalar qatorida Imom Abu Bakir Kaffol Shoshiy alohida o‘rin tutadi. Zamondoshlari extirom bilan “Xazrat Imom” deb ulug‘lagan bu zotning to‘liq ismi – Abu Bakir Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiydir. Alloma moxir xunarmand bo‘lib, qulfsozlik kasbida shuxrat qozongani uchun keyinchalik ismiga “Qaffol” so‘zini qo‘shib aytishgan. Imom Qaffol Shoshiy 904 yilda Shosh shaxrida xunarmand oilasida tug‘ilgan. Dastlabki bilimni o‘z yurtida olgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning bebaho, diniy, ilmiy merosi bilan tinishgan. Keyinchalik u Bog‘dod, Kufa, Damashq kabi shaharlarda o‘sha davrning zabardast olimlaridan ilm – ma’rifat o‘rgangan.

                               Toshket viloyatining Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan Shayx Xovandi Tohur (vafoti 1359) o‘z o‘rniga ega. Toshkent viloyatining Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan nufuzli islom arboblaridan sanalgan Xoji Ubaydullox Axror Shay Xovandi Tohur avlodlaridan bo‘lgan Xoji Ubaydullox Axror Naqshbandiya tariqasining yirik vakili xisoblanadi. XIV – XIX asrlar davomida Shosh vohasi ijtimoiy, ma’rifiy hayotida tabiblar, xattotlar va muarrix olimlar alohida ro‘l o‘ynaydi. XIV asrda Shoshda taniqli muarrix Abu Salaymon Banokatiy yashab ijod etgan Shoshdan chiqqan Shoir Badriddin Chochiy ham shu davrda yashab ijod etgan. Ajoyib she’rlar yaratib “faxr az – zamon” unvoniga sazovor bo‘lgan shoir Aloy Shoshiy haqida Alisher Navoiy “Majolis un – nafois” asarida alohida to‘xtalib u bilan bo‘lgan suxbatini eslab o‘tadi. “Tarixi Rashidiy” asarining muallifi XVI – asrda yashagan muarrix Mirzo Muhammad Haydar Toshkent shahrida tug‘ilgan, uning onasi Xo‘b Nigorxonim Yunusxonning qizi Z.M.Boburning xolasi bo‘lgan. Shu davrda Toshkentda o‘z davrining olimi va muarrixi, Ali Qushchining nabirasi Xofiz Ko‘xakiy ham yashab ijod etgan. Uning asarlari arab tili va grammatikasiga mantiq, fiqx masalalariga bag‘ishlangan. Shunday qilib Toshkentning ma’naviy va ilmiy – madaniy salohiyati hamma davrda yuqori bo‘lib, u jaxon sivilizatsiyasining markazlaridan biri – O‘zbekiston madaniyatining eng muhim qismini tashkil etgani tarix sahifalarida o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish biz yosh avlodning yuksak burchi hisoblanadi.

Mualliflar: Tarix fani o`qituvchilari D.Fozilova G.Husinova

Категория: O'ZBEKISTON TARIXIY SHAXSLARI | Добавил: Bek (14.03.2015)
Просмотров: 1974 | Теги: Banokatiy, Xoja ahror Valiy, Bogistoniy, Shoshiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск

Copyright MyCorp © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz